Osiyo Kubogi—2019. Bugun ikkinchi finalchi nomi ma’lum bo‘ladi

0

29-yanvar, seshanba kuni futbol boʻyicha Osiyo Kubogi—2019 musobaqasining ikkinchi yarim final bahsi oʻtkaziladi.

Foto: Google Images

Unda musobaqa mezboni BAA terma jamaosi Qatar termasiga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 19:00 da boshlanadi.

Eslatib o‘tamiz, BAA musobaqaning chorak finalida Avstraliya ustidan kichik hisobda (1:0) ustun kelgan.

Qatar terma jamaosi esa Janubiy Koreya termasi bilan bellashib, Abdulaziz Hatamning yagona goli evaziga g‘alaba qozongandi (1:0) .

Ma’lumot uchun, 1/2 finalning dastlabki o‘yinida Yaponiya termasi Eron terma jamaosi darvozasiga javobsiz 3 ta gol urib, g‘alaba qozondi va final yo‘llanmasini naqd qildi.

Osiyo Kubogi—2019

29-yanvar, seshanba

1/2 final bahslari

Qatar—BAA 19:00

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting