2018-yilda chakana savdo aylanmasi 131,7 trln so‘mni tashkil etdi

0

Respublika boʻyicha 2018-yilning yanvar-dekabr oylarida chakana savdo tovar aylanmasi 131 768,2 mlrd. soʻmni tashkil etib, 2017-yilning shu davriga nisbatan 5,5%ga oʻsdi.

Foto: Korrespondent.uz

Davlat statistika qoʻmitasi xabariga koʻra, yirik korxonalarning tovar aylanmasi 18 085,7 mlrd. soʻmni (oʻsish surʼati 24,2%), kichik tadbirkorlik subyektlarining tovar aylanmasi 113 682,5 mlrd. soʻmni (oʻsish surʼati 3,0%), shundan uyushmagan savdo tovar aylanmasi 15 440,4 mlrd. soʻmni (2017-yilning shu davriga nisbatan 2,7%ga kamaygan) tashkil etdi.

2017-yilning shu davriga nisbatan respublikaning barcha hududlarida chakana savdo tovar aylanmasining oʻsish surʼatlari kuzatilib, nisbatan yuqori oʻsish surʼatlari Xorazm, Jizzax, Andijon, Buxoro viloyatlarida qayd etildi.

Chakana savdo tovar aylanmasi tarkibida yirik korxonalarning tovar aylanmasi hajmi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 24,2%ga o‘sdi va 18 085,7 mlrd. so‘mni tashkil qildi. Bu esa umumiy savdo hajmining 13,7% ulushiga to‘g‘ri keladi.

Kichik tadbirkorlik subyektlarining chakana savdo tovar aylanmasi hajmi statistik hisob-kitoblarga koʻra, 113 682,5 mlrd. soʻmni tashkil etib, 2017-yilning yanvar-dekabr oylariga nisbatan 3,0%ga oʻsdi. Respublika miqyosida ushbu sektorning jami chakana savdo tovar aylanmasidagi ulushi 86,3%ga teng kelmoqda.

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting