Xitoy qirg‘oqlarida AQSh harbiy kemalari paydo bo‘ldi

0

AQSh harbiy-dengiz kuchlarining ikki kemasi Pekin tomonidan protestlarga qaramay, Tayvan boʻgʻozi suvlaridan oʻtdi. Bu haqda South China Morning Post 25-yanvar, juma kuni xabar berdi. Xitoy Tayvan janubiy qirgʻoqlariga oʻz qiruvchilarini yuborish orqali javob qaytardi.

Foto: Kun.uz

McCampbell eskadrilya mina tashuvchisi va yonilg‘i bilan ta’minlash kemasi xalqaro huquqqa muvofiq, bo‘g‘ozda «oddiy o‘tish»ni amalga oshirdi, deya ma’lum qilgan AQSh Tinch okeani floti vakili Tim Gorman. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu AQSh erkin va ochiq Hind-Tinch okeani mintaqasi konsepsiyasiga sodiqligini ko‘rsatadi. «Amerika harbiy-dengiz kuchlari xalqaro qonunlar bilan ruxsat berilgan barcha joyda parvoz qiladi, yuradi hamda harakatlanadi», – dedi u.

Bunga javoban Pekin AQShni «yagona va bo‘linmas Xitoy» tamoyiliga rioya etishga chaqirdi, deb xabar bermoqda Reuters.

Gazetaning qayd etishicha, bu 2018-yil yozidan beri Amerika harbiy kemalari Xitoy janubiy qirgʻoqlarida paydo boʻlishiga doir toʻrtinchi holat. Bunday vaziyat noyabr oyida sodir boʻlgach, XXR TIV vakili Gen Shuan mashgʻulotlar yuzasidan tashvish bildirdi. “Biz Qoʻshma Shtatlarni Tayvan masalasiga ehtiyotkorlik bilan yondashishga chaqiramiz, bu Tayvan boʻgʻozida tinchlik hamda barqarorlikka, shuningdek, Xitoy-Amerika munosabatlariga zarar yetkazmaslik uchun kerak”, – deya maʼlum qildi u.

Mashqlar, shuningdek, oktabr va iyul oylarida ham o‘tkazildi. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq amerikalik milliarder va moliyachi Jorj Soros Xitoy yetakchisini «ochiq jamiyatlar»ning asosiy dushmani deb atagandi.