Tolibon AQSh bilan muzokaralar oʻtkazmoqchi

0

Tolibon guruhining Qatardagi siyosiy idorasi yetakchisi Afgʻonistonda 17 yildan beri davom etayotgan urushni toʻxtatish uchun Qoʻshma Shtatlar bilan muzokara olib bormoqchi, deb yozadi “OʻzA”.

Foto: OʻzA

Doxa shahrida oʻtkazilishi rejalashtirilgan uchrashuv Tolibon yetakchilaridan biri Abdul Gʻani Baradar va AQShning tinchlik boʻyicha maxsus elchisi Zalmay Xalilzad oʻrtasida boʻlib oʻtadi. 

Qatar poytaxtidagi muzokaralar juma kuni boshlanishi rejalashtirilgan edi, ammo Baradar uchrashuvga qachon borishi haqida maʼlum qilinmagan. 

“Tez orada Baradar Qatarga uchadi. Tolibon yetakchisiga AQSh bilan boʻladigan tinchlik muzokaralarida ishtirok etish uchun yangi vazifalar berildi“, deydi Tolibon rasmiylari.

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting