Abdulaziz Komilov Kubaning yangi elchisini qabul qildi

0

2019-yilning 25-yanvar kuni Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Kuba Respublikasining favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlangan (qarorgohi Boku shahrida) Alfredo Niyeves Portuondo bilan uchrashdi.

Foto: TIV matbuot xizmati

Ishonch yorliqlarini topshirish marosimidan so‘ng elchini qutlar ekan, vazir uni O‘zbekistonda yuqori va mas’uliyatli lavozimga tayinlangani bilan tabriklagan va muvaffaqiyatlar tilagan.

Suhbat chog‘ida ikki tomonlama va xalqaro tashkilotlar doirasidagi munosabatlar holati va rivojlanish istiqbollari muhokama qilindi, deyiladi TIV xabarida.

2018-yil sentabr oyida Toshkent shahrida ikki tomonlama siyosiy maslahatlashuvlarning birinchi raundi muvaffaqiyatli oʻtkazilganligi mamnuniyat bilan qayd etildi. Ushbu maslahatlashuvlar Oʻzbekiston-Kuba muloqotini rivojlantirishning istiqbolli yoʻnalishlariga eʼtibor qaratish imkonini berdi.

Siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsion va madaniy-gumanitar sohalarda o‘zaro manfaatli asosda hamkorlikni yanada mustahkamlashga O‘zbekiston va Kuba sodiq ekanligi tasdiqlandi.

Qayd etilishicha, uchrashuvda xalqaro siyosatning ba’zi masalalari yuzasidan fikr almashilgan.

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting