Habib Nurmagomedovning otasi oʻgʻli qachon karyerasini yakunlashini maʼlum qildi

0

Rossiyalik aralash yakkakurash jangchisi Habib Nurmagomedov oʻzining sportdagi faoliyatini kanadalik Jorj Sen-Pyer va amerikaliklar Toni Fergyuson va Floyd Meyuezer bilan jang oʻtkazgandan soʻng yakunlashi mumkin, deb maʼlum qildi oʻzining Instagram sahifasida sportchining murabbiyi va otasi Abdulmanap Nurmagomedov.

Foto: Sputnik

“Sent-Pyer, Fergyuson, Meyveyzer. Uch yigit. Keyin u faoliyatini tugatib, tarixdagi eng buyuk sportchi boʻla oladi”, – deya yozgan sportchining otasi.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Habib Nurmagomedov irlandiyalik Konor Makgregor bilan revansh jangini oʻtkazish niyati yoʻqligini maʼlum qilgani haqida xabarlar tarqalgandi.

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting