Ukrainaning sobiq prezidenti 13 yilga ozodlikdan mahrum qilindi

0

Kiyevning Obolon tuman sudi Ukrainaning sobiq prezidenti Viktor Yanukovichni sirtdan davlatga xoinlik qilish ayblovi boʻyicha 13 yilga ozodlikdan mahrum qildi, deb xabar qildi “RIA Novosti”.

Foto: Sputnik

Hukmni raislik qiluvchi sudya Vladislav Devyatko oʻqib eshittirdi.

Sudya ishda jazoni ogʻirlashtiruvchi holatlar yoʻqligini maʼlum qilgan.

Shuningdek, sobiq prezidentning mulkini hibsga olish haqidagi qaror ham oʻz kuchida qolgan.

Hukm oʻqib eshittirilgandan soʻng prezidentning advokati hukm ustidan shikoyat keltirishini maʼlum qildi.

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting