O‘zbekiston Orolbo‘yidagi loyihalar uchun Bill Geyts xayriya jamg‘armasini jalb qilmoqchi

0

Oʻzbekiston Orolboʻyi mintaqasida inson xavfsizligi boʻyicha BMTning koʻp tomonlama hamkorlik trast fondi doirasida “yashil” investitsiyalarni ragʻbatlantirish maqsadida Microsoft kompaniyasi asoschisi Bill Geyts va uning rafiqasi Melindaning xayriya tashkiloti mablagʻlarini jalb qilish niyatida. Bu haqda “Kun.uz“ xabar berdi.

Foto: Kun.uz

Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev joriy yilning birinchi yarmida BMT bilan birgalikda trast fondi ishi uchun moliyaviy resurslarni jalb qilish boʻyicha strategiya ishlab chiqishni nazarda tutadigan qarorni imzoladi, endi uning 2019-yilga moʻljallangan investitsiya portfeli tasdiqlanadi.

Mablag‘larni jalb qilish strategiyasi xususiy sektorning bo‘lishini ham nazarda tutishi kerak. Shu maqsadda Mirziyoyev xayriya fondlariga ega transmilliy kompaniyalar («Koka-Kola» Fondi, «O‘zkorgaz» kompaniyalari va boshqalar) hamda Bill va Melinda Geyts Fondi (Bill & Melinda Gates Foundation) kabi xususiy tashkilotlar ro‘yxatini shakllantirish haqida ko‘rsatma berdi. Bill Geyts jamg‘armasi 50 milliard dollar miqdordagi aktivlari bilan AQShdagi eng yirik xususiy fond hisoblanadi.

BMTning koʻp tomonlama sheriklik trast fondi 2018-yil 27-noyabrda BMTning Nyu-Yorkdagi qarorgohida rasmiy ravishda ishga tushirildi. U Orolboʻyi mintaqasida ekologik falokat oqibatlarini bartaraf etishga qaratilgan loyihalar uchun moliyaviy va texnik vositalarni safarbar qilishi kerak. Fond 2023-yil oxirigacha ishlaydi.

Jamg‘armaning birinchi donori O‘zbekiston hukumati bo‘ldi, u 6,5 million dollar sarmoya kiritdi. Norvegiya, Yaponiya va boshqa bir qator mamlakatlar ham loyihalarni moliyalashtirishni xohlamoqda.

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting