Otabek Nazirov Kapital bozorini rivojlantirish agentligiga rahbar bo‘ldi

0

Otabek Anvarovich Nazirov Kapital bozorini rivojlantirish agentligi direktori etib tayinlandi. Bu haqda “Oʻzbekiston 24” telekanali “Axborot 24” dasturi xabar qildi.

Foto: Xalqaro Press Klub

Davlat raqobat qo‘mitasi uch qismga bo‘linganidan so‘ng agentlik qimmatli qozog‘lar bozori, korporativ boshqaruv va fond birjalari faoliyatini nazorat qilish bo‘yicha vakolatlarga ega bo‘ldi.

Otabek Nazirov (1975-yilda tugʻilgan) AQShdagi Nyu-York universitetini tamomlab, makroiqtisodiyot mutaxassisligiga ega boʻlgan. AQShdagi Goldman Sachs Group, The Avascent Group, JPMorgan Chase, Rossiyadagi “Troyka Dialog” va MDM-Bank kabi kompaniya va muassasalarda faoliyat koʻrsatgan.

2018-yilning mayidan iyuniga qadar innovatsion rivojlanish vaziri oʻrinbosari, bugungi kunga qadar — xalq taʼlimi vaziri oʻrinbosari lavozimlarida ishladi.