Rossiya va Yaponiya tinchlik kelishuvidan manfaatdorligini bildirdi

0

Rossiya va Yaponiya tinchlik shartnomasi tuzishdan manfaatdor ekanligini bildirdi. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe bilan muzokaralardan keyin bu borada qizgʻin ish oldinda turganini maʼlum qilgan, deb yozmoqda “RIA Novosti”.

Foto: “RIA Novosti”

Putinning so‘zlariga ko‘ra, o‘zaro manffatli kelishuvga erishish uchun shartlarni shakllantirish bo‘yicha qizg‘in ishlarni amalga oshirish kerak. Asosiy vazifa Rossiya—Yaponiya munosabatlarining sifatli darajadagi rivojini ta’minlash hisoblanadi.

Singapurda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Putin va Abe SSSR va Yaponiya o‘rtasida 1956-yilda qabul qilingan va tinchlik shartnomasini imzolashni ko‘zda tutuvchi qo‘shma bayonotlarning biri asosida muzokaralarni boshlashga qaror qilgan.