Mirziyoyev Germaniyada o‘qiyotgan va ilmiy izlanishlar olib borayotgan o‘zbekistonlik yoshlar bilan uchrashdi

0

Germaniyada o‘qiyotgan, ilmiy izlanishlar olib borayotgan bir guruh o‘zbekistonlik yoshlar Berlin shahrida Shavkat Mirziyoyevni katta xursandchilik bilan kutib oldi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati ma’lum qildi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

O‘zbekiston delegatsiyasi joylashgan qarorgoh oldida samimiy suhbat bo‘lib o‘tdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Davlat rahbari vatandoshlarning o‘qish va ishlari, orzu-istaklari bilan qiziqdi.

— Rivojlangan davlatlar barcha sohalarga ilmiy yondashib natijaga erishgan. Biz ham juda katta izlanishdamiz. Butun harakatlarimiz dunyo bilan teng bo‘lishga, xalqimizga munosib hayot yaratishga qaratilgan. Islohotlarni sizdek ilg‘or yoshlar bilan birga amalga oshiramiz. Hamma o‘rgangan bilim, “nou-xau”laringni O‘zbekistonning har bir sohasi intiqlik bilan kutyapti. Qancha ko‘p bilimli bo‘lsak, shuncha qudratli bo‘lamiz, — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident yoshlarni o‘qish va izlanishlarini muvaffaqiyatli tugatib, bilim va tajribalarini mamlakat rivojiga yo‘naltirishni taklif etdi.

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting