O‘zbekiston xalq artisti Po‘lat Saidqosimov 88 yoshida vafot etdi

0

O‘zbekiston xalq artisti Po‘lat Saidqosimov vafot etdi. Bu haqda O‘zbekiston Kinoarboblar ijodiy uyushmasi matbuot xizmati jurnalist Feruz Muhammadga ma’lum qildi.

Foto: “Ishonch.uz”

Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahrida filmni suratga olish jarayonida ishtirok etayotgan taniqli aktyor, O‘zbekiston xalq artisti Po‘lat Saidqosimovning to‘satdan tobi qochib Respublika shoshilinch tibbiy yordami ilmiy markaziga olib kelingan edi.

Bemorni O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari, Respublika shoshilinch tibbiy yordami ilmiy markazi bosh direktori, tibbiyot fanlari doktori, professor Abduhakim Hojiboyev ko‘rikdan o‘tkazib, operatsiya qilgan edi. Jarrohlik amaliyoti murakkab kechgani sababli uning davomiyligi 6 soatga cho‘zilgan.

Aktyor bugun, 18-yanvar kuni olamdan o‘tdi. O‘zbekiston Kinoarboblar ijodiy uyushmasi matbuot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, Po‘lat Saidqosimovning janoza namozi 19-yanvar kuni peshin namozi vaqtida Sag‘bondagi masjidda o‘qiladi.

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting