IShID Magnitogorskdagi portlashlar uchun javobgarlikni zimmasiga oldi

0

IShID Rossiyaning Magnitogorsk shahrida koʻp qavatli uy va yoʻnalishdagi mashina portlagani uchun javobgarlikni zimmasiga oldi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.

Foto: EPA

Al Naba nashrida jangarilar uzoq vaqt sukut saqlaganlarini portlashni uyushtirganlarning xavfsizligini taʼminlash zarurati bilan izohlagan.

Ularning da’vosiga ko‘ra, IShID tarafdorlari Magnitogorskdagi binoning uchinchi va o‘ninchi qavati o‘rtasida portlovchi qurilma o‘rnatgan.

Eslatib o‘tamiz, 31-dekabr kuni Magnitogorskdagi ko‘p qavatli bino portlashi oqibatida 39 kishi halok bo‘ldi. 1-yanvar kuni shaharda yo‘nalishdagi avtomobil yonib ketishida 3 kishi qurbon bo‘ldi.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.