Anor Nazarov vafot etdi

0

Oʻzbekiston Respublikasi sanʼat arbobi, Davlat mukofoti sovrindori, taniqli bastakor Anor (Anorqul) Nazarov 68 yoshida uzoq davom etgan kasallikdan soʻng vafot etdi. Bu haqda Madaniyat vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Madaniyat vazirligi

Nazarov Anorqul Mamadovich 1950 yil 5 iyunda Toshkent viloyatida Bo‘ka tumanida tavallud topgan. 1968 yilda M.Ashrafiy nomidagi Toshkent davlat konservatoriyasini tuba sinfida tamomlagan.

1968−1985 yillarda A.Navoiy nomidagi DAKT orkestri solisti, 1985−1987 yillarda Toshkent shahar musiqa ansambllari jamoasi bosh dirijyori, 1986−1996 yillarda O‘zbekiston teleradiokompaniyasi estrada-simfonik orkestri badiiy rahbari va bosh dirijyori, 1996−2000 yillarda «O‘zbeknavo» birlashmasi bosh direktori, 2000−2002 yillarda esa badiiy rahbari lavozimlarida faoliyat yuritdi.

Anor Nazarovning ijodi davlat tomonidan munosib baholanib, 1995 yil O‘zbekiston Respublikasi san’at arbobi, 1997 yil, A.Qodiriy nomidagi Davlat mukofoti laureati va 2008 yil «Fidokorona xizmatlari uchun» ordeni bilan taqdirlangan.