Bir kunga internet bloklanishi O‘zbekistonga qariyb 32 mln dollarga tushadi

0

NetBlocks guruhi tomonidan turli mamlakatlar iqtisodiyotiga Internet yoki alohida xizmatlarni blokirovka qilish orqali yetkaziladigan moliyaviy zarar miqdorini hisoblash mumkin boʻlgan kalkulator yaratildi, deb yozadi “Daryo.uz” nashri.

Foto: netblocks.org

Masalan, O‘zbekistonda bir kunga butun internetni bloklash 31 726 524 AQSh dollarga, taqqoslash uchun ushbu ko‘rsatkich Qozog‘istonda 169 560 004 AQSh dollar, Rossiyada esa 307 379 499 AQSh dollarga tushadi.