O‘zbekistonda 50 million yevrolik yangi onkologik klinika quriladi

0

Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi hamda OPASCA German Oncology Solutions GmbH tomonidan 50 million yevro qiymatidagi eng soʻnggi texnologiya va jihozlar bilan taʼminlangan, zamonaviy klinika bunyod etish hamda Germaniyaning nufuzli Manheym universiteti klinikasi bilan oʻzbekistonlik mutaxassislarni tayyorlash loyihasini amalga oshirish yuzasidan kelishuv imzolandi. Bu haqda Sogʻliqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Sogʻliqni saqlash vazirligi matbuot xizmati

— Endilikda o‘ta og‘ir, murakkab va gumonli holatlarga ham aniq tashxis qo‘yish va samarali davolash imkoni yuzaga keladi. Eng muhimi, ushbu zamonaviy shifoxonada germaniyalik yetakchi mutaxassis va olimlar doimiy asosda ishlaydi, — deydi Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov. — Bundan tashqari, Manheym universiteti klinikasi professorlari tomonidan o‘zbekistonlik mutaxassislarni tayyorlash yo‘lga qo‘yiladi. Shu tariqa O‘zbekiston tarixida birinchi marotaba tibbiyotning barcha yunalishlari bo‘yicha Germaniyaning eng ilg‘or tibbiyot markazida o‘zbekistonlik mutaxassislarni muntazam tayyorlash hamda malaka oshirish tizimiga asos solindi.