Yunusobod tumani hokimi lavozimidan ozod etildi

0


Miragzam Mirkasimov Yunusobod tumani hokimi lavozimidan ozod etildi. Bu xabarni Uz24 nashri tuman hokimiyatiga tayanib ma’lum qildi. Biroq hokimning ishdan ketish sababi ma’lum qilinmadi.

Miragzam Mirkasimov 2016-yilning oktyabr oyidan bu lavozimda faoliyat yuritib kelayotgan edi, undan avval Shayxontohur tumani hokimi bo‘lgan.

25-martdan hokim o‘rinbosari Sardor Qosimov Yunusobod tumani hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.