“Ehtirom – 2018” mukofoti sovrindorlari roʻyxati

0

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 23-dekabrdagi “Madaniyat, sanʼat va ijodiyot sohasidagi “Ehtirom” mukofoti sovrindorlarini taqdirlash marosimini oʻtkazish toʻgʻrisida”gi majlis bayoni ijrosini taʼminlash maqsadida Madaniyat vazirligi tomonidan yurtimizda faol va sermahsul ijod qilayotgan sanʼat va madaniyat vakillari hamda oʻz ijodiy tajribalari bilan yoshlarga ibrat boʻlayotgan ustoz sanʼatkorlarni qoʻllab-quvvatlash hamda ragʻbatlantirish maqsadida “Ehtirom” mukofoti sovrindorlarini taqdirlash marosimi tashkil etildi.

“Ehtirom” mukofoti madaniyat va sanʼat sohalarining bir necha yoʻnalishlarini qamrab olgan boʻlib, ular “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili” dasturida belgilangan vazifalarga chambarchas bogʻliqdir.

Mukofot “Teatr, kino va ommaviy tomoshalar”, “Estrada, anʼanaviy, opera xonandalik, musiqa ijrochiligi va raqs sanʼati”, “Tasviriy va amaliy sanʼat”, “Badiiy ijod, jurnalistika va televideniye”, “Eʼtibor, ehtirom, eʼzoz” kabi 5 ta yoʻnalish boʻyicha 31 ta nominatsiyadan iborat.

“Ehtirom” mukofotining oʻziga xosligi shundaki, u yil davomida sanʼat va madaniyatimizning turli yoʻnalishlarida faol va sermahsul ijod qilgan fidoyi, zahmatkash ijodkorlarni taqdirlaydi, ularga ehtirom koʻrsatadi.

Mukofotning bu yilgi sohiblari quyidagilar:

1.Teatr, kino va ommaviy tomoshalar

“Yilning eng yaxshi spektakli”Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatri “Oq kema” spektakli uchunTruppa boshligʻi -Berdiyev Qurbon
“Yilning eng faol aktrisasi”Gulyamova Zilola SaidovnaOʻzbek Milliy akademik drama teatri aktrisasi
“Yilning eng faol aktyori”Rajabov Adiz
Kinoaktyor
(“Sarvqomat dilbarim” filmidagi roli uchun)
“Yilning eng yaxshi rejissyori”Hamdamov Umid XolmuradovichKinorejissyor
(“Issiq non” filmidagi rejissyorlik ishi uchun)
“Yilning eng yaxshi ssenografi”Gazizova Flyura XamitovnaOʻzbek Milliy akademik drama teatrisahnalashtiruvchi rassomi
“Yilning eng yaxshi adibi”Abdurahmonov OʻrozboyOʻzbekiston xalq yozuvchisi
Yilning eng faol sanʼatshunosiGalushyenko Irina GeorgiyevnaOʻzbekiston davlat konservatoriyasi musiqa tarixi va tanqidi kafedrasi professori
“Yilning eng yaxshi balet artisti”Mambekova Gulmira AzizbekovnaOʻzbekiston davlat musiqali komediya (operetta) teatri oliy darajali balet artisti
“Sahnamiz farishtasi” (malikasi)Ismailova Dilbar AbidovnaOʻzbekiston davlat drama teatri yetakchi sahna ustasi,Oʻzbekiston xalq artisti

2.Estrada va anʼanaviy, opera xonandalik, musiqa ijrochiligi va raqs sanʼati

“Yilning mohir qoʻshiq ijrochisi”Matchonov Ochilboy YoʻldoshboyevichUrganch ixtisoslashtirilgan sanʼat maktabi oʻqituvchisi
“Yilning mohir opera ijrochisi”Alimardonov RustamAlisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston davlat akademik katta teatri aktyori
“Yilning eng yaxshi estrada xonandasi”Feride Girgin“Oʻzbekkonsert” davlat muassasasi xonandasi
“Yilning mohir sozandasi”Saidov Farhod“Sarbon” guruhi solisti
“Yilning eng yaxshi badiiy jamoasi”“Navbahor” ashula va raqs ansambliBadiiy rahbar, Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan artist Madrahimova Gulmira(Oʻzbekiston davlat filarmoniyasi)
Yilning mohir bastakoriIsmailov AbduxoshimOʻzbekiston Respublikasi xalq artisti
“Yilning eng yaxshi baletmeysteri”Nodirova Yelena FaritovnaToshkent davlat milliy raqs va xoreografiyaoliy maktabi oʻqituvchisi
“Yilning eng yaxshi raqqosasi”Hasanova Yoqutxon Bahodirjon qizi“Navroʻz” ashula va raqs ansambli balet artisti, Toshkent davlat milliy raqs va xoreografiyaoliy maktabi talabasi 
(Oʻzbekiston davlat filarmoniyasi)
“Yilning eng faol folklor jamoasi”“Buxoro mavjlari” ashula va raqs ansambliOʻzbekiston davlat filarmoniyasiBuxoro viloyati boʻlinmasi, badiiy rahbar Avezov Rauf

3. Tasviriy va amaliy sanʼat

“Tasviriy va amaliy sanʼat sanʼat jonkuyari”Muxtorov Asror Muxtorovich(Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi)
“Yilning faol muzey xodimi”Yusupov Ismat IskandarovichOʻzbekiston Amaliy sanʼat va hunarmandchilik tarixi davlat muzeyi direktori
“Yilning eng namunali madaniyat markazi”Qoraqalpogʻiston Respublikasi Amudaryo tumani madaniyat markaziDirektor – Yusupov Shuhrat Bahrambayevich
Yilning eng faol kutubxonachisi”Fayzimatova Aziza RustamovnaFargʻona viloyati koʻzi ojizlar kutubxonasi direktori

4. Badiiy ijod, jurnalistika va televideniye

“Madaniyat sohasining faol ommaviy axborot xodimi”Matyoqubov Kamol“Adolat” ijtimoiy-siyosiy gazetasi,Oʻzbekistondan xizmat koʻrsatgan jurnalist
“Eng faol teleradio jurnalisti”Matchanova Dilshoda Zaripovna“Yoshlar” telekanali tok-shou va interaktiv teleloyihalar bosh muharririyati katta muharriri
“Yilning eng faol madaniyat va sanʼat targʻibotchisi”Samadov Faxriddin Umirqulovich“Oʻzbekiston” teleradiokanali “Assalom, Oʻzbekiston!” koʻrsatuvi muallifi va boshlovchisi

5. Eʼtibor, ehtirom, eʼzoz

“Eng tashabbuskor hududiy boshqarma boshligʻi”Sayimov Salim SayimovichQashqadaryo viloyati madaniyat boshqarmasi boshligʻi
“Yilning eng faol ijtimoiy tarmogʻi”Kun.uz nashrining ijtimoiy raqmoqlardagi sahifalari
“Oʻzbek sanʼati fidoiysi”Yoʻldoshev Bahodir“Diydor” rejissyorlik va aktyorlik mahorati teatr studiyasi badiiy rahbari, Oʻzbekiston sanʼat arbobi
“Moddiy madaniy merosjonkuyari”Rejabov Gʻiyosiddin QutbidinovichMadaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish ilmiy-ishlab chiqarish bosh boshqarmasi bosh inspektori
“Madaniyat va sanʼat faxriysi”Burmakin Vladimir Ivanovich(Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi)
Klassik asardagi eng yaxshi rol ijrochisiJumayev Umar“Diydor” rejissyorlik va aktyorlik mahorati teatr studiyasi aktyori