O‘zbekistonda yer uchastkalarini xususiylashtirishga ruxsat berildi

0

Urbanizatsiya jarayonlarini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi Prezident Farmoni qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” Telegram-kanalida xabar berildi.

Foto: Flickr

Farmon bilan mamlakatda urbanizatsiya jarayonlarini tubdan takomillashtirishning asosiy yo‘nalishlari belgilandi.

Farmonga muvofiq, 2019-yil 1-iyuldan:

yuridik shaxslar bino va inshootlari, sanoat infratuzilmasi ob’ektlari joylashgan yer uchastkalarini xususiylashtirish huquqiga ega;

jismoniy shaxslar yakka tartibda uy-joy qurish va turar joyga xizmat ko‘rsatish uchun ajratilgan yer uchastkalarini xususiylashtirish huquqiga ega;

xususiylashtirish mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarori bilan amalga oshiriladi;

jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan xususiylashtirilgan yer uchastkalari xususiy mulk hisoblanadi va daxlsizdir;

xususiylashtirish faqatgina kadastr hujjatlari mavjud bo‘lgan holda hamda Hukumat tomonidan belgilanadigan miqdorlarda pullik asosda amalga oshiriladi.

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting