Oʻzbekiston Milliy Universitetda harbiylar kuni nishonlandi

0

Bugun OʻzMUda “14-yanvar Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan mazkur sana arafasida bayram keng nishonlanyapti.

Foto: OʻzMU

Universitet rektori Avazjon Maraximov tadbirni ochib berar ekan, bugungi kunda Oʻzbekistonda olib borilayotgan harbiy sohadagi islohotlar, yaratilayotgan imkoniyatlar haqida alohida taʼkidlab oʻtdi va soha vakillari va universitet jamoasini tabrikladi.

Tadbir davomida turli harbiy mavzudagi sahna koʻrinishlar, qurolni toʻgʻri ishlatish va harbiy jangavorlikni oshirish borasida ham chiqishlar namoyish etildi. Tadbir xonandalar ijrosidagi kuy-qoʻshiqqa ulandi.

Sultonposhsha Sotvoldiyeva, jurnalistika fakulteti 4-kurs talabasi

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting