Fuqaro gazdan uzilgan boʻlsa ham qarzi 4 mln.ni tashkil qildi​

0

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Beruniy tumani, Doʻstlik OFYda yashovchi fuqaro U.Qurbanovning Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasiga Beruniy tumanlararo gaz taminoti xodimlaridan noroziligi haqidagi yozma murojaati ruyhatga olinib, maxsus topshiriqlar asosida, Beruniy tumani isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati xodimlari tomonidan oʻrganish ishlari olib borildi.

Foto: Google Images

Oʻrganish natijasida 2017-yil 15-aprel kuni xonadoning qarzdorlik sababli tarmoqdan ajratilgan, shunga qaramastan shu kungacha boʻlgan yaʼni 20 oyga muddatda obyom koʻrinishda normativ hisobda 4 012 000 soʻm toʻlov xamda dalolatnoma jarimasiga 299 550 soʻm jami 4 311 550 soʻm qarzdorlik yozilganligi aniqlandi. 

Jamiyat tomonidan olib borilgan say harakatlar natijasija isteʼmolchiga qoʻllangan 4 012 000 soʻm toʻlovi bugungi kunda normativ boʻyicha qayta xatlov oʻtkazib istemolchiga 74 934 soʻm hisoblab berildi hamda gaz tarmogʻiga ulab berildi.