Samarqandda Konfutsiy haykali o‘rnatiladi

0

Samarqandda xitoy faylasufi Konfutsiyning haykali oʻrnatiladi, deya “Xalq soʻzi Online” xabar qildi.

Foto: “Xalq soʻzi Online”

Konfutsiy bogʻida ramziy eshiklar allaqachon mutafakkirning falsafasi dunyosiga mos barpo qilingan. Bogʻ boʻylab tomi cherepitsa bilan yopilgan klassik xitoy shiyponlari oʻrnatilgan.

Foto: “Xalq soʻzi Online”

Shuningdek, Xitoydan Samarqandga oyoqchalar va yoritib turadigan chiroqlarga ega bo‘lgan katta gultuvaklar ham olib kelingan.

Haykalning o‘zi hozirda qurilish ishlari ketayotgan bog‘da joylashadi. Tez orada shahar aholisi va mehmonlari uni ko‘rishlari mumkin. Haykalning orqasida Samarqand rassomlari tomonidan tarixiy syujetlar aks ettirilgan katta rasm bo‘ladi.