Amerikalik milliarder Trampning impichmenti uchun 40 million dollar sarflaydi

0

Amerikalik milliarder Tom Steyer AQSh prezidentligi uchun kurashmaydi, buning oʻrniga u amaldagi prezident Donald Trampga nisbatan impichment eʼlon qilinishiga erishishga eʼtibor qaratadi. Bu haqda “Gazeta.ru”ga tayanib “Daryo“ nashri xabar berdi.

Foto: BuzzFeed

Tom Steyerning aytishicha, u butun vaqtini, kuchi va resurslarini Trampga nisbatan impichment e’lon qilish va uni o‘z lavozimidan chetlatish bo‘yicha ishga sarflaydi.

Milliarderning va’da qilishicha, bu ishlar uchun u 40 million dollar miqdorida investitsiya ajratadi. Milliarder 2017-yilda ham Kaliforniya gubernatorligi va AQSh senatiga saylanish haqida o‘ylaganda bu ishni qilishga uringan, biroq keyinchalik bu fikrdan bosh tortgan.

2017-yilda Steyer Trampga qarshi kampaniyani haqiqatda boshlagan va Need to Impeach (“Impichment e’lon qilish kerak”) nomli telereklamani taqdim etgan. Reklamada milliarder nima uchun Trampni lavozimdan chetlatish kerakligini tushuntirgan.

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting