Oybek uy-muzeyida adibning tavallud kuni nishonlandi

0

Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligiga qarashli Oybek uy-muzeyida Muso Toshmuhammad oʻgʻli Oybek tavallud topgan sana 10-yanvar munosabati bilan Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Fanlar Akademiyasi vakillari, adibning yaqinlari hamda Toshkent shahar maktab oʻquvchilari toʻplanishdi.

Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisining oʻrinbosari, shoir Minhojiddin Mirzo Oybekning oʻzbek adabiyotida tutgan oʻrni haqida soʻzladi. Adabiyotshunos olim, akademik Naim Karimov keyingi yilda adibning 115 yilligi nishonlanishi munosabati bilan Tanlangan asarlar toʻplami ustida ish boshlanganligini alohida taʼkidladi. Yozuvchi Ulugʻbek Hamdam Oybekka “mustabid tuzum davrida ham oʻzligini yoʻqotmagan adib” deb taʼrif berdi.

Maktab oʻquvchilari yaqinda Davlat dasturi asosida kapital taʼmirdan chiqqan uy-muzeyining ekspozitsiyasi bilan tanishishdi.

Muzey direktori Oynur Toshmuhammedovaning soʻzlariga koʻra, 2019-yilda muzeyda audiogidli sayyohatlarni tashkil etish, yangi texnik vositalar bilan jihozlanish rejalashtirilgan.

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting