Olga Zabelinskaya Osiyo chempioni bo‘ldi

0

Indoneziyaning Jakarta shahrida velotrek bo‘yicha Osiyo chempionati start oldi. Ushbu musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari ham ishtirok etmoqda. Bu haqda MOQ matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: MOQ

Musobaqada O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan Olga Zabelinskaya guruh poygalarida 70 ochko to‘pladi va oltin medalni qo‘lga kiritdi. Ikkinchi va uchinchi o‘rinlar mos ravishda Xuan Ting Ing (Tayvan, 22 ochko) va Jan Ying (Xitoy, 15 ochko)ga nasib qildi.

Ma’lumot uchun, ushbu muvaffaqiyat Zabelinskayaga oltin medaldan tashqari Tokio 2020 Olimpiadasi litsenziyasi uchun lozim bo‘lgan qimmatli reyting ochkolarini ham taqdim etdi.

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting