Deutsche Bahn O‘zbekiston temir yo‘llarini isloh qilishga yordamlashadi

0

Germaniyaning Deutsche Bahn temir yo‘l operatori ekspertlari va konsultantlari «O‘zbekiston temir yo‘llari» kompaniyasini rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqishga yordamlashadi. Bu haqda Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Laziz Qudratov chorshanba kuni Xalqaro press-klub majlisida ma’lum qildi.

Foto: railwaypro.com

Uning so‘zlariga ko‘ra, temir yo‘l sohasida restrukturizatsiya bo‘yicha Deutsche Bank tajribasi O‘zbekiston temir yo‘llarini yaxshilash va optimallashtirish uchun foydali bo‘ladi.

«Umid qilamizki, chorshanba kuni Deutsche Bank kompaniyasini jalb qilish orqali temir yo‘llarimiz samaradorligini oshiramiz», — dedi Laziz Qudratov.

Deutsche Bahn 2017 yilda 4,6 milliard yo‘lovchi tashidi. 2017 yildagi tushumi 42,7 mlrd yevroni, sof foyda esa 765 mln yevroni tashkil etdi.

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting