Monopoliyaga qarshi kurashish bilan alohida organ shugʻullanadi

0

Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi — Raqobat qoʻmitasi tugatiladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli hujjati loyihasi jamoatchilik muhokamasi uchun eʼlon qilindi.

Qoʻmita bilan birga, uning huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi, Davlat aktivlarini boshqarish markazi faoliyati ham tugatiladi.

Hujjat loyihasiga koʻra, mazkur tuzilmalar oʻrnida uchta mustaqil idora — Raqobatni himoya qilish davlat qoʻmitasi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi hamda Kapital bozorini rivojlantirish agentligi faoliyati yoʻlga qoʻyiladi.