Garvard universiteti bitiruvchisi Moliya vaziri oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi

0

Oʻzbekiston prezidentining 7-yanvardagi qaroriga asosan Gʻolib Ablaqulovich Xoljigitov Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligining direktori – Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi.

Foto: Moliya vazirligi

Gʻolib Xoljigitov 1979 -yilda tugʻilgan, maʼlumoti oliy, moliyachi, iqtisodchi. 2001-yilda Shimoliy Arizona Universiteti (AQSh), 2004-yilda Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universiteti va 2012-yilda Garvard Universitetlarini (AQSh) tamomlagan.

Moliya vazirligida ish faoliyatini 2001-yilda boshlagan.

2004-2011-yillarda Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi huzuridagi monopoliyaga qarshi siyosatni takomillashtirish ekspert guruhi rahbari, Markaz direktori vazifasini bajaruvchi va Markaz direktori.

2016-2018-yillarda UBS Global Wealth Management korporatsiyasining xususiy kapital va moliyaviy texnologiyalarni boshqarish masalasida avtomatlashtirish va robotlashtirish xizmatlarni joriy etish boʻyicha loyihalar menejeri (AQSh).

2018-yildan hozirgi kungacha Gʻolib Xoljigitov Bank of America Merril Lynch korporatsiyasining moliyaviy texnologiyalar masalalari boʻyicha loyihalar menejeri (AQSh) lavozimida ishlagan.