Toshkentda “Doston kechasi” boʻlib oʻtadi

0

“OXUS Culture” jamiyati Oʻzbekiston Tasviriy sanʼat galereyasi hamkorligida doston kechalarini tashkil qiladi. Bu haqda tadbir tashkilotchilari xabar qildi.

Foto: Husniddin Ato

Ushbu “Doston kechasi” tadbirida xalq merosining eng mashhur dostonlari boʻlmish “Alpomish” dostoni Toshkentda ilk marotaba, toʻliq, jonli tarzda ijro etiladi va dostonchilik merosi shinavandalari “Alpomish” dostonini toʻliq jonli tinglash imkoniyatiga ega boʻladilar.

Doston 15-yanvardan 19-yanvarga qadar, 5 kun davomida soat 18:30dan 20:30ga qadar davom etadi.

Tadbir “OXUS Culture” tomonidan tashkillashtirilmoqda. Unda 7-doston kechasi boʻlib shulardan 5 ta doston kechasi aynan Oʻzbekiston Tasviriy Sanʼat Galereyasi hamkorligida tashkillashtirilgan.

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting