Bishkekda 300ga yaqin kishi noqonuniy migratsiyaga qarshi norozilik aksiyasiga chiqdi

0

Bishkekdagi Ala-Too maydonida 7-yanvar kuni Xitoy fuqorolari boʻlmish noqonuniy muhojirlarni Qirgʻizistondan chiqarib yuborish talabi bilan aksiya boʻlib oʻtdi. Kuzatuvchilarning xabar berishicha, maydonga 300 ga yaqin kishi toʻplandi.

Foto: Knews.kg

Aksiya ishtirokchilari bu kabi qilmishlar uchun jarimalarning oshirilishiga norozilik bildirishdi.

Maydonga toʻplangan odamlar, aksiyani hech kim uyushtirmaganini, bu yerga oʻz istaklari bilan kelishganini aytishdi. Ular Qora Bolta va Bishkek yaqinidagi turar-joy mavzelaridan kelganliklarini taʼkidladilar.

2018-yil dekabrida “Qirgʻiz choroloru” jamoatchilik birlashmasi Bishkekda tinch mitinglar oʻtkazdi, bu tadbirlarda ishtirokchilar Xitoydagi “siyosiy qayta tarbiyalash lagerlarida” milliy kamchilik vakillarining ushlab turilishidan oʻz xavotirlarini bildirishdi.

Shundan soʻng WhatsApp messendjerida 7-yanvar kuni Bishkekda Xitoy fuqorolarining noqonuniy migratsiyasiga bagʻishlangan miting boʻlib oʻtishi haqida xabar tarqatildi. Biroq “Qirgʻiz choroloru” jamoat birlashmasi bu aksiyaga aloqasi yoʻqligini aytmoqda.

Maydonga toʻplanganlar navbatdagi aksiyani xuddi shu yerda 17-yanvar kuni oʻtkazishlari haqida bayonot berishdi.

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting