Qoʻshnisi tomonidan kaltaklangan toshkentlik fuqaro vafot etdi

0

2019-yil 5-yanvar kuni Toshkent shahrining Uchtepa tumanida yashovchi G. D. mast holda qoʻshnisi M.P.ning uyida u bilan oʻzaro janjallashib, uning bosh va badanining turli joylariga urib-tepib jarohat yetkazgan.

Natijada M.P. olgan jarohati boʻyicha hech qayerga murojaat qilmay, 7-yanvar kuni uyida vafot etgan.

IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi bergan xabarga koʻra, mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, G. D. qoʻlga olingan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting