O‘zbekistonda aholi muammolari bo‘yicha yagona elektron tizim paydo bo‘ladi

0

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti “Hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlar faoliyatini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi, deb yozadi Kun.uz nashri.

Hujjatga ko‘ra, 2019-yilning 1-aprelidan quyidagilarni qamrab oluvchi respublika bo‘yicha yagona elektron axborot tizimi joriy etiladi:

uyma-uy yurish, o‘tkazilgan suhbatlar, kelib tushgan murojaatlar natijasida aniqlangan muammolar va ularning hal etilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar;

ijtimoiy soha va boshqa obyektlardagi mavjud holatlarni o‘rganish natijasida aniqlangan muammo hamda ularning hal etilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar;

sektorlar faoliyati yuzasidan elektron statistik hisobot shakllari;

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar (shaharlar)ni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholining turmush tarzi va ijtimoiy muhofazasini yaxshilash bo‘yicha “yo‘l xaritalari” va ularning ijrosi to‘g‘risidagi ma’lumotlar.

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi Moliya vazirligi va Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi bilan birgalikda har chorak yakunlari bo‘yicha respublika axborot tizimiga kiritilgan hal etilmagan muammo va takliflarni umumlashtirib, tahlil qilib hamda moliyalashtirish manbalarini aniq ko‘rsatgan holda davlat, hududiy, shu jumladan, investitsiya dasturlariga kiritish to‘g‘risida asoslantirilgan takliflarni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritib boradi.

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting