Qirg‘iziston tashqi ishlar vaziri O‘zbekistonga keladi

0

2019-yilning 10-yanvar kuni O‘zbekistonga Qirg‘iziston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Chingiz Aydarbekov boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyuradi.

Foto: Kenesh.kg

O‘zbekiston TIV xabariga ko‘ra, tashrif dasturidan O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligida ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazish o‘rin olgan.

Qirg‘iziston delegatsiyasi Afg‘oniston ishtirokidagi «Hindiston – Markaziy Osiyo» muloqotining Samarqand shahrida o‘tkaziladigan birinchi vazirlar uchrashuvida ham ishtirok etadi.