Oʻzbekistonda sobiq bosh prokuror Rashid Qodirov ustidan sud boshlandi

0

Toshkent shahar Yunusobod tumani jinoiy ishlar boʻycha sudida Oʻzbekistonning sobiq bosh prokurori Rashid Qodirov ustidan sud boshlandi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti sud vakiliga asosan.

Foto: Kun.uz

“Rashid Qodirov ustidan sud jarayoni boshlandi. Sud majlisi yopiq tartibda boʻlib oʻtadi”, – deyilgan xabarda.

Eslatib oʻtamiz, 2018-yilning fevral oyi oxirida Oʻzbekiston Bosh prokuraturasi Qodirov hibsga olingani haqida xabar qilgan edi.

Sobiq bosh prokuror pora olishda, talonchilikda va lavozimini suistemol qilishda ayblangan edi. Ushbu jinoyatlar boʻyicha 15 yilgacha qamoq jazosi berilishi mumkin.

Shuningdek shu kabi ayblovlar sobiq bosh prokuraturaning 24 nafar xodimlariga nisbatan qoʻyilgan, jumladan sobiq bosh prokurorning oʻgʻli Alisher Qodirovga nisbatan ham ayblov qoʻyilib u xalqaro qidiruvga berilgan edi.

Rashid Qodirov Oʻzbekiston Bosh prokuraturasini 2000-2015-yillar davomida boshqarib kelgan. 2015- 2017-yillar davomida Qodirov Oʻzbekiston Konstitutsion sudi aʼzosi boʻlgan.