Oʻzbekiston Rossiyadan eng koʻp avtomobil import qiluvchi mamlakatlar uchligiga kirdi

0

“Avtostat” tahliliy agentligi xabariga koʻra, 2018-yilning 11 oyi natijalariga koʻra Oʻzbekiston Rossiyadan eng koʻp avtomobil import qiluvchi mamlakatlar uchligiga kirdi.

Foto: Google Images

Xabarda aytilishiga koʻra, ushbu davr mobaynida Rossiya 26 mingdan ortiq yengi avtomobil eksport qilgan. Undan 70% asosiy 5ta mamlakatlarga yuborilgan.

Birinchi oʻrinda – Chexiya (6,3 mingta avtomobil), ikkinchi oʻrinda – Ukraina (3,8 ming) va uchinchi oʻrinda – Oʻzbekiston (3,1 ming). Undan keyingi oʻrinlarda Latviya (2,9 ming) va Ozarbayjon (2,4 ming).

Ushbu saytda Rossiyaga import qilingan avtomobillar statistikasi ham keltirilgan. Unda xabar qilinishiga koʻra, 2018-yilning 11 oyi davomida Rossiyaga 213 ming dona yengi avtombil olib kelingan.

Rossiyaga avtombil eksport qiluvchi eng ilgʻor mamlakatlar oʻntaligi quyidagicha boʻldi:

  1. Yaponiya – 69 mingta avtomobil
  2. Germaniya – 34 ming avto
  3. AQSH – 18,8 ming
  4. Buyuk Britaniya – 16,5 ming
  5. Tailand – 10,3 ming
  6. Slovakiya – 7,3 ming
  7. Vengriya – 6,5 ming
  8. Turkiya – 6,4 ming
  9. Xitoy – 5ming
  10. Finlandiya – 4,2 ming