Toshkentdagi knyaz Romanov qarorgohi muzeyga aylantiriladi

0

Toshkent shahri markazida joylashgan va 1891-yilda qurilgan knyaz Romanov qarorgohi yaqin vaqt ichida muzey sifatida o‘z eshiklarini ochadi. Bu haqda Madaniyat vazirligi vakillariga tayanib, “Novosti Uzbekistana” xabar berdi.

Foto: “Novosti Uzbekistana”

2018-yilda Tashqi ishlar vazirligi balansidan poytaxt hokimiyati balansiga o‘tkazilgan binoni muzey sifatida ochish rejalashtirilmoqda.

Madaniyat vaziri o‘rionbosari Kamola Oqilovaning ma’lum qilishicha, bu tarixiy obyektni muzey sifatida ochish rejasi mavjud. Bino restavratsiya qilinsa, knyaz Romanovning beqiyos kolleksiyasi rezidensiyaga muzey sifatida qo‘yilishi mumkin.

Vazir o‘rinbosari muzey ochilishining aniq sanasini aytmagan, biroq shu yo‘nalishda ishlar olib borilayotganini qayd etgan.

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting