TBC Bank O‘zbekistonga kirishni rejalashtirmoqda

0

Gruziyaning TBC Bank banki Oʻzbekiston bozoriga kirishni rejalashtirmoqda, deya xabar qildi “Gazeta.uz“ nashri Euromoney.comʼga tayanib.

Euromoney moliyaviy diretori Georgiy Shagidzening soʻzlariga koʻra, Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar Gruziya bosib oʻtgan yoʻlni eslatadi. “Biz bu yoʻldan oʻtdik hamda oʻzbek bozoriga olib kirishimiz mumkin boʻlgan juda kuchli bilim va imkoniyatlarga ega boʻldik. Biz Oʻzbekiston bank sektori uchun katalizator vazifasini bajara olamiz”, — dedi Georgiy Shagidze.

TBC Bank Gruziyadagi eng yirik banklardan biri. Georgiy Shagidzening fikricha, ichki bozorda erishilgan tajriba bankning O‘zbekistondagi raqobatda ustunlik beradi.

TBC O‘zbekistonga o‘zining o‘tgan yil yozida ishga tushirilgan mobil xizmatlarni ko‘rsatuvchi, biroq filiallarga ega bo‘lmagan Space raqamli neobankini olib kirishni rejalashtirmoqda.

Space mijozlarga turli xil bank xizmatlari, jumladan kreditlash, mahsulotlarni jamg‘arish va to‘lov kartalari xizmatlarining keng spektrini taqdim etadi.

Biroq, Georgiy Shagidzening so‘zlariga ko‘ra, Space o‘zbekcha talqinida «kelgusi avlod» filiallari shaklidagi jismoniy xizmat joyi mavjud bo‘ladi.

2019-yil boshida ishga tushishi kutilayotgan bank “Oʻzbekistonning murakkab korporativ sektoridan uzoqroq boʻladi” hamda mijozlarga chakana bank xizmatlarini koʻrsatish, jumladan mikro, kichik va oʻrta biznes bilan ishlashga asosiy urgʻu qaratadi. “Biz juda yengil va keng miqyosli yondashuvdan foydalanamiz”, — dedi Georgiy Shagidze.

Nashrning qayd etishicha, TBC banki joriy yilda O‘zbekistonda o‘z filialini ochishni rejalashtirayotgan Qozog‘iston Xalq banki (Halyk Bank) bilan raqobatga kirishadi.

TBC Bank 1992-yilda tashkil etilgan. TBC koʻrsatib kelayotgan onlayn-banking bir necha yil ketma-ket (2012−2015-yillarda) Markaziy va Sharqiy Yevropadagi eng yaxshi bank maqomiga ega boʻldi.

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting