“Oʻztoʻqimachiliksanoat” Germaniyadagi xalqaro koʻrgazmada ishtirok etmoqda

0

“Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi korxonalari shu yilning 8-10-yanvar kunlari “Heimtextile 2019” xalqaro uy toʻqimachilik mahsulotlari koʻrgazmasida ishtirok etmoqda. Bu haqda “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasining matbuot xizmati xabar qildi.

Foto: “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasining matbuot xizmati

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2019-yil yanvar oyida Germaniya Federativ Respublikasiga tashrifi arafasida “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi Frankfurtda “Heimtextile 2019” xalqaro uy toʻqimachilik mahsulotlari koʻrgazmasida ishtirok etish bilan mavsumni boshladi.

Heimtextil (International Trade Fair for Home and Contract Textiles) uy toʻqimachilik mahsulotlari va ichki bezatish matolari xalqaro koʻrgazmasi boʻlib, u 1971-yildan beri har yili oʻtkaziladi.

“Heimtextile 2019” koʻrgazmasida dunyoning 135 mamlakatidan kelgan 70 mingdan ziyod mehmon ishtirok etadi. Ishtirok etayotgan kompaniyalarning umumiy soni 2970 dan oshiqni tashkil etadi.

Har yili “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi korxonalari “Heimtextile” ishida faol qatnashib kelmoqda. 2018 yilda Uyushma “Oʻzbekistonda ishlab chiqarilgan” milliy stendi bilan ishtirok etdi, koʻrgazma natijalariga koʻra toʻqimachilik mahsulotlarini eksport qilish boʻyicha 3,7 million dollarlik shartnoma tuzildi.

Koʻrgazmada “Uzteks Grupp” korxonalari tomonidan “Fadolli Ricci” brendi ostida mahsulotlar namoyish etiladi. Korxonaning yillik quvvati 7 ming tonna momik mato yoki 14 million dona. tayyor momik maxsulotni tashkil etadi. Ayniqsa, ushbu koʻrgazma uchun kompaniya uy toʻqimachilik mahsulotlari (sochiqlar, hammom kiyimlari, pokrыvalo, dasturxon) ning eksklyuziv dizayni ishlab chiqildi.

Xorazm viloyatida joylashgan “Baxmal Grupp” kompaniyasi oʻz yoʻnalishiga oid uy toʻqimachilik mahsulotlarini taqdim etadi. Bundan tashkari. Uztex Home brendi ostida kompaniyaning yangi mahsulotlari – trikotaj matolar, choyshablar, sochiq qoplamalar va boshqalarga ham Yevropa bozorida talab yuqori.

Tashrif chogʻida Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi xamda Oʻzbekistonning Franfurtdag i Bosh konsulligi koʻmagida Germaniya toʻqimachilik sanoati vakillari, Germaniya Toʻqimachilik mashinalari ishlab chiqaruvchilari konfederasiyasi (VDMA), Germaniya tayyor tikuv maxsulotlari ishlab chiqaruvchilari konfederatsiyasi, Shtuttgart savdo palatasi va Kyoln toʻqimachilik importchilari vakillari bilan bir qator taqdimotlar va uchrashuvlar oʻtkazish, Germaniya toʻqimachilik mashinalarining yirik ishlab chiqaruvchilari Karl Mayer, Bruekner va boshqalarga tashrif buyurish rejalashtirilgan.