Toshkent shahrida Amiti Universiteti tashkil etildi

0

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 7-yanvardagi PQ-4097-son qarori bilan Toshkent shahridagi Amiti Universiteti tashkil etildi. Bu haqda edu.uz telegram kanalida xabar qilindi.

Universitetda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida, birinchi navbatda, dasturiy taʼminotni ishlab chiqish, axborot tizimlari va kompyuter tarmoqlarini boshqarish boʻyicha xalqaro standartlar darajasida yuqori malakali mutaxassislar tayyorlanadi.

Universitetning taʼlim faoliyati 2019/2020-oʻquv yilidan boshlanadi.

Universitetda oʻqishni tamomlagan bitiruvchilarga Oʻzbekiston Respublikasida oliy maʼlumot toʻgʻrisidagi hujjat sifatida eʼtirof etiladigan Amiti Universitetining (Hindiston Respublikasi) belgilangan namunadagi diplomi beriladi.