Oʻzbekistonda yana bir siyosiy kuch maydonga keldi

0

Syezdda Oʻzbekiston ekologik partiyasini taʼsis etish boʻyicha qaror qabul qilindi. Bu haqda “UzA” xabar qildi.

Foto: UzA

Partiyaning Markaziy Kengashi aʼzolari, Nazorat-taftish komissiyasi aʼzolari saylab olindi. Delegatlar tomonidan bildirilgan taklif va tavsiyalar asosida Oʻzbekiston ekologik partiyasi Ustavi va Dasturi loyihalari hamda syezdda koʻrib chiqilgan boshqa masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.

Shu kunning oʻzida Oʻzbekiston ekologik partiyasi Markaziy Kengashi Plenumi ham boʻlib oʻtdi. Plenumda qator tashkiliy masalalar koʻrib chiqildi. Oʻzbekiston ekologik partiyasi Markaziy kengashi ijroiya qoʻmitasi aʼzolari, uning raisi va rais oʻrinbosarlari ham saylandi. Partiyaning ramzlari tasdiqlandi.

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting