Andijon viloyat hokimi o‘rinbosari vafot etdi

0

Andijon viloyati hokimining investitsiyalar, innovatsiyalar, xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari hamda turizmni rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari Salombek Habibullayev 6-yanvar kuni 49 yoshida olamdan oʻtdi.

Foto: Gazeta.uz

Sogʻliqni saqlash vazirligi matbuot xizmatining “Gazeta.uz“ga xabar berishicha, oʻlim holati miokard infarkti natijasida yuz bergan.

1971-yilda tugʻilgan Salombek Poʻlatovich Habibullayev 1992-yilda Toshkent davlat universitetini tamomlagan. 1994−2012-yillarda Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi turli lavozimlarda ishlagan, 2001−2012-oʻzbek-yapon markazi direktori lavozimida oʻrindoshlik, 2012−2018-yillarda esa doimiy faoliyat yuritgan. Andijon viloyati hokim oʻrinbosari lavozimiga 2018-yilning 26-yanvar sanasida tayinlangan edi.