DSQ ish beruvchilarga oyliklarni oshirishni tavsiya qildi

0

Oʻzbekiston Davlat soliq qoʻmitasi ish beruvchilarga xodimlar oylik maoshlarini oshirishni tavsiya qildi. Bu haqda Facebook ijtimoiy tarmogʻidagi DSQ rasmiy sahifasida maʼlum qilindi.

Foto: Gazeta.uz

Qo‘mitaning qayd etishicha, oyliklarni soliq yukining, shu jumladan yagona ijtimoiy to‘lovning kamaytirilishi natijasida bo‘shaydigan mablag‘lar hisobidan oshirish mumkin. Bu tavsiya prezidentning 26 dekabrdagi qarorida ham o‘z aksini topgan.

Yangi yilda byudjet tashkilotlari va davlat korxonalari, ustav fondida davlat ulushi 50 foizdan boshlanuvchi yuridik shaxslar uchun 25 foiz darajasida saqlanib qolgan bo‘lsa, qolgan to‘lovchilar uchun YAIT 15 foizdan 12 foizga kamaytirildi.