Magnitogorsk fojiasi: qurbonlar soni 38 nafarga yetdi

0

Magnitogorskda portlash oqibatida vayron boʻlgan bino uyumlari ostidan qutvaruvchilar 38-qurbon jasadini olib chiqdilar, deb xabar qildi RIA Novosti Rossiya FVV matbuot-xizmatiga tayangan holda.

FVV xodimi ayol kishi tanasi olib chiqilgani, shu bilan qurbonlar soni 38 nafarga yetganini aytgan.

Eslatib oʻtamiz, dushanba kuni Rossiyaning Chelyabinsk viloyati Magnitogorsk shahrida maishiy gaz portlashi oqibatida koʻpqavatli uylardan birining podyezdi oʻpirilib tushgan.

Favqulodda holat yuz bergach kasalxonaga zudlik bilan besh nafar jabrlanuvchi yetkazilgan. Oradan bir sutka oʻtgach, bino vayronalari uyumlari ostida 11 oylik bolakay topildi va u Moskvaga evakuatsiya qilindi. Bolakay ahvoli stabil deb baholangan va sogʻligʻida ijobiy oʻzgarishlar kuzatilmoqda. Qutqaruvchilar esa qoʻl mehnati yordamida uyumlarni tekshirishda davom etishmoqda.

Magnitogorskda yuz bergan fojia munosabati bilan Rossiya rahbari nomiga dunyo yetakchilaridan hamdardlik maktublari kelmoqda. Jumladan, Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Vladimir Putinga birinchilar qatorida taʼziya bildirgan.

Hukumat qaroriga muvofiq, halok boʻlgan fuqarolar oilalariga bir million rubldan yordam koʻrsatiladi, oʻrta yoki ogʻir turdagi jarohat olgan fuqarolarga 400 ming rubldan, yengil jarohat olganlarga 200 ming rubldan mablagʻlar beriladi.

Uyumlar ostida halok boʻlgan 16 kishi dafn marosimi 7-yanvarga qadar oʻtkaziladi.

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting