Germaniya fuqarolari uchun vizasiz rejim joriy etilmoqda

1

2019-yil 15-yanvaridan Oʻzbekistonga sayohat maqsadida tashrif buyuruvchi Germaniya fuqarolari uchun 30 kun muddatga vizasiz rejim joriy etiladi, deya xabar qildi Davlat turizm qoʻmitasi matbuot xizmati.

Foto: fb.com/olmoniya

Prezidentning 2016-yil 2-dekabrdagi farmonida germaniyalik sayyohlar uchun 2021-yil 1 yanvaridan vizasiz rejimni joriy etish koʻzda tutilgan edi. Oʻzbekistonga tashrif buyuruvchi germaniyalik sayyohlar soni ortib borayotganini hisobga olgan holda farmonga oʻzgartishlar kiritildi.

Davlat turizm qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2016-yilda Germaniyadan 4 889 nafar sayyoh kelgan boʻlsa, 2017-yilda bu koʻrsatkich 7 207, 2018-yilda esa 18 094 nafarga (2,5 barobardan ortiq oʻsish) yetdi.

Germaniya fuqarolari Oʻzbekistonga elektron vizalar rasmiylashtirish tizimidan (e-visa.gov.uz) foydalangan mamlakatlar roʻyxatida 10-oʻrinni egalladi. Tizim ishga tushirilgan 15-iyuldan – 28-dekabrga qadar GFRning 1 089 fuqarosi elektron kirish vizalarini rasmiylashtirdi.

Qayd etish joizki, yanvar oyida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Germaniyaga tashrifi rejalashtirilgan.

1 izoh

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting