Donald Tramp prezidentlik davrida AQSh tashqi qarzi 2 trln dollarga oshdi

0

AQSh hukumatining tashqi qarzi 2018-yilning yakunlari boʻyicha 21,9 trillion dollarni tashkil qilib, 2017-yil bilan taqqoslaganda 2 trillionga oshgan. Bu haqda CNN telekanali xabar bermoqda.

AQSh Moliya vazirligi mamlakat tashqi qarzi 2008-yilda ro‘y bergan Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozidan so‘ng o‘sib borayotgani haqida ma’lum qilgan.

Tashqi qarzning 2018-yildagi ko‘rsatkichi 2 trillionga o‘sishi esa Soliq siyosatidagi islohot bilan bog‘liq.

Kongress bergan ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakat tashqi qarzi 2018-yil yakunlari bo‘yicha YaIM 78 foizini tashkil qilmoqda. Bu ko‘rsatkich 1950-yildan beri kuzatilgan eng yuqori ko‘rsatkich.