Janubiy Koreyadagi oʻzbekistonlik yoshlar Orol dengizi atrofida yashovchi bolalar uchun mablagʻlar yigʻishdi

0

Janubiy Koreyadagi oʻzbekistonlik talabalar va shu yerda faoliyat olib boruvchi yurtdoshlarimiz Orol dengizi atrofida yashovchi bolalarga oʻquv qurollari va ingliz tilidagi kitoblar joʻnatish uchun mablagʻlar yigʻishdi.

Foto: Uzbek Young Professionals Network in Korea – Uzkobridge

Ushbu xayriya kampaniyasi Janubiy Koreyada tahsil olayotgan oʻzbekistonlik talaba Mansur Babajanov hamda Koreyadagi nufuzli banklarning birida faoliyat yuritayotgan Feruza Buronovalar tomonidan tashkil etilgan.

“Orolni qutqaradigan va shu hududda yashab istiqomat qiladigan yurtdoshlarimizning xayotini yanada yaxshi tomonga oʻzgartiradigan yoshlar, aynan Orol boʻyi hududidagi qiyichiliklarni koʻrib ulgʻaygan yoshlarimizdan chiqadi” – deydi xayriya tashkilotchilaridan biri Mansur Babajanov.

Foto: Uzbek Young Professionals Network in Korea – Uzkobridge

Xayriya kampaniyaning asosiy maqsadi Orol boʻyidagi maktablarda talim oluvchi bolalarni ragʻbatlantirish, taʼlim olishga boʻlgan qiziqishlarini yanada orttirish va Koreyadagi minglab birodaru opa-singillarning ular haqida qaygʻurishini Orol dengizi atrofida yashayotgan bolalarga yetkazishdan iboratdir.

Foto: Uzbek Young Professionals Network in Korea – Uzkobridge

“Biz Koreyadigi oʻzbekistonliklar va boshqa chet ellik doʻstlarimiz bilan birgalikda $ 3 300 xayriya yigʻdik va shu pullarga Orol boʻyi Moʻynoq tumanidagi 250 ta bolalarga yetadigan oʻquv qurollari va ingliz tilidagi kitoblar yetkazib berdik. Birlashib yanada koʻplab boshqa vatandoshlarimizga ham yordam berishni niyat qilganmiz!“ – deydi Mansur Babajanov.

Oʻzbekistonning Koreyadagi elchixonasi yoshlarimizning bu tashabbuslarini yaqindan qoʻlab quvvatlab, xayriya tashkilotchilarini shaxsan moʻynoq tumaniga tashrif buyurib, sovgʻalarni oʻz qoʻllari bilan topshirishi uchun moliyaviy yordamlarini berishgan.

Foto: Uzbek Young Professionals Network in Korea – Uzkobridge

Oʻtgan oyda loyiha mualliflari Oʻzbekistonga sayohat qilib, Orol boʻyidagi Moʻynoq tumanida taxsil oluvchi boshlangʻich sinf oʻquvchilariga Koreyadan maktab qurollari va ingliz tilidagi kitoblarni yetkazib berishgan.

Xayriya loyihasi haqida toʻliq maʼlumot olishni istasangiz quyidagi Facebook sahifasiga tashrif buyuring: Uzbek Young Professionals Network in Korea – Uzkobridge.

Ixtiyor Rahmon, Korrespondent.uz