Afgʻonistonlik xonanda Orzu Nikbin “Sanamgina” qoʻshigʻini kuyladi (video)

0

Dunyoning barcha burchaklarida yashayotgan odamlar nazaridagi Afgʻonistonning haqiqiy qiyofasi umuman boshqacha. Aslida bu mamlakat koʻpchilik oʻylaganidek juda xavfli yoki aholisi maʼrifatsiz, madaniayatsiz emas. Afgʻonistonda maktab va universitetlar qiz-oʻgʻil oʻquvchilar bilan zich toʻla. Oʻquv yurtlarida sanʼatning barcha turlaridan saboq berilib, ijod qilinmoqda.

Afgʻonistonda 8 million oʻzbeklar yashayotgani taxmin qilinar ekan, ular oʻzbek xalqining madaniyati, sanʼatini targʻib qilib kelmoqda. Yillar davomida oʻzbeklar oʻz tillaridan qoʻshiq ijro etib kelgan, oʻzbek xalqiga mansub boʻlmagan xonandalarni ham oʻzbekcha qoʻshiqlar ijro etishga undagan. Farhod Daryo, Vajiha va Farid Rastgorlar, Seto Qosimiy, Orzu Nikbin, Nazir Xoro, Firishta Samo, Fayoz Hamid, Valiy Sozish kabi oʻzbek boʻlmagan xonandalar oʻzbekcha qoʻshiqlar ijro etgan. Bu xonandalarning ayrimlari afgʻonistonlik oʻzbek xonandalarning qoʻshigʻini yoki oʻzlari yangi qoʻshiqlar yaratib ijro etgan boʻlsa, ularning ayrimlari oʻzbekistonlik xonandalar qoʻshiqlarini kuylagan.

Oʻzbekistonlik xonanda Yulduz Usmonovaning “Sanamgina” deb nomlangan qoʻshigʻini qayta kuylagan afgʻonistonlik Orzu Nikbin mamlakatdagi taniqli xonandalardan biri hisoblanadi. U oʻzining jozibali ovozi bilan muxlislari koʻnglidan joy olgan.

Orzu Nikbin “Sanamgina” qoʻshigʻini mahalliy “Tolo” televideniyesining “Zeri Chatri Eyd” nomli hayit bayramidagi koʻratuvida ijro etgan. Bugungi kunda ayrim afgʻonistonlik xonandalar Oʻzbekistonga borib video kliplar ham suratga olishmoqda.

Oʼtgan davr mobaynida Oʻzbekiston Afgʻoniston bilan ikki tomonlama munosabatlarni sezilarli darajada kengaytirdi, afgʻon muammosini hal qilish boʻyicha xalqaro saʼy-harakatlarga faol qoʻshildi. Ikki davlatni umumiy tarix, din, madaniyat va urf-odatlar hamda xavfsizlikni taʼminlash, savdo-sotiqni rivojlantirish sohasidagi manfaatlar birlashtiradi.

Afgʻonistondan Abdul Basir Ilghar, Korrespondent.uz uchun maxsus

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting