Qoʻshilgan qiymat soligʻiga tortilmaydigan tovarlar roʻyxati tasdiqlandi

0

Vazirlar Mahkamasi O’zbekistonda ishlab chiqariladigan oziq-ovqat mahsulotlari narxining oʻsishiga yoʻl qoʻymaslik maqsadida qoʻshilgan qiymat soligʻiga tortilmaydigan tovarlar roʻyxatini tasdiqladi.

Foto: UzDaily

Ushbu roʻyxatdan joy olgan oziq-ovqat mahsulotlari quyidagilar:

1) Goʻsht (mol, qoʻy, tovuq), shuningdek, hayvonlar (qoramol va parranda)

tirik holdagi va ularning soʻyilgan mahsulotlari;

2) Baliq;

3) Kartoshka;

4) Piyoz;

5) Tuxum;

6) Guruch (barcha navlari);

7) Shakar, shu jumladan, import qilingan;

8) Non mahsulotlari.

Davlat soliq qoʻmitasi roʻyxatda koʻrsatilgan tovarlarga berilgan imtiyoz soliq toʻlovchilar tomonidan faqat Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqariladigan oziq-ovqat mahsulotlarining chakana va ulgurji realizatsiyasi (non mahsulotlarini ishlab chiqarish va sotish bundan mustasno) amalga oshirilganda qoʻllanilishini maʼlum qiladi.