Alisher Usmonov yana bir futbol klubiga homiylik qilayotganligi maʼlum boʻldi

0

Milliarder Alisher Usmonov Tulaning “Arsenal” futbol klubiga ham homiylik qilmoqda. Bu haqda jamoa prezidenti Guram Adjoyev jurnalistlarga bergan intervyusida maʼlum qildi, deb yozmoqda “Sport-Ekspress”.

Foto: UzNews

“Sport-Ekspress”ning “Arsenal” klubiga Alisher Usmonov yordam berayotgani rostmi, degan savoliga jamoa prezidenti quyidagicha javob bergan:

“Soʻnggi ikki yil davomida Alisher Burxonovich bizning jamoaga koʻmak bermoqda. Jamoaning hozirgi natijalari va barqarorligida uning katta hissasi bor. Buning uchun unga katta minnatdorchilik bildiramiz”.

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting