O‘zbekiston terma jamoasi Osiyo kubogiga jo‘nab ketdi

0

Bir necha kundan so‘ng Birlashgan Arab Amirliklarida futbol bo‘yicha Osiyo Kubogi start oladi. Ushbu musobaqada ishtirok etuvchi O‘zbekiston terma milliy terma jamoasi ham ishtirok etadi. Bugun terma jamoa a’zolari BAAga jo‘nab ketdi. Futbolchilar Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida tantanali ravishda kuzatildi. Bu haqda MOQ matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: MOQ

O‘zbekiston terma milliy terma jamoasi Osiyo kubogining guruh bosqichida Yaponiya, Ummon va Turkmaniston terma jamoalariga qarshi kurash olib boradilar.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston terma jamoasi guruhdagi ilk uchrashuvni 9 yanvar kuni Ummon terma jamoasiga qarshi o‘tkazadi. Ikkinchi o‘yin 13 yanvar kuni Turkmanistonga qarshi bo‘lib o‘tsa, so‘nggi bahsda 17 yanvar kuni Yaponiya terma jamoasiga qarshi maydonga tushadilar.